Eldor Shomurodov: “Baʼzan tortinchoqligim pand beradi”

09:08 30 Oktyabr 2019 Sport
159 0

“Rossiya 24” telekanalining “Rossiya futboli” koʻrsatuvida oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov oʻz xarakteri haqida soʻzlab berdi. Hujumchining soʻzlariga koʻra, baʼzan futbol maydonida unga tortinchoqligi pand berib qoʻyadi, deb yozadi Sputnik.

“Bu narsa xarakterga bogʻliq. Surbetlik baʼzida yaxshi hisoblanadi. Tortinchoqligim esa baʼzida menga pand beradi. Nima ham qila olardim, xarakter bu xarakter”, – dedi Shomurodov.

Hujumchi uning orzui Yevropaning TOP-5 chempionatlarida oʻynash ekanini taʼkidlagan. U bunga intilishini aytgan. Ammo hozir “Rostov”da hammasi joyida va u biror yerga ketishni oʻylamayapti.

“Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham Shomurodov haqidagi fikrlarini bildirib oʻtgan.

“Shomurodov biz bilan ikki yil oʻtkazdi, ikki yil mobaynida oʻz ustida ishlab, oʻsdi. Oʻyinchilarning oʻsishi kuzatilmoqda. Har bir futbolchining oʻsishi turlicha kechadi”, - deya qayd etgan murabbiy.

Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov ayni damda 10 ta gol bilan RPL toʻpurarlar poygasida “Krilya Sovetov” hujumchisi Aleksandr Sobolev bilan peshqadamlik qilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?