Ektor Kuper Turkiyaga olib ketiladigan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi

17:17 06 Dekabr 2018 Sport
209 0

2019 yilning 5 yanvar – 1 fevral kunlari BAAda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi musobaqa oldidan soʻnggi yigʻinni Turkiyaning 15-29 dekabr kunlari Antaliya shahrida oʻtkazadi. Mazkur yigʻinga bosh murabbiy Ektor Kuper jalb qilingan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

Unda 27 nafar futbolchi oʻrin olgan.

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv“)
Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912“)
Sanjar Quvvatov (“Nasaf“)
Javohir Ilyosov (“Metallurg“)

Himoyachilar:
Yegor Krimes (“Paxtakor“)
Аnzur Ismoilov (“Lokomotiv“)
Doston Tursunov (“Neftchi“)
Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv“)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv“)
Farrux Sayfiyev (“Paxtakor“)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor“)
Davron Hoshimov (“Navbahor“)

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf“)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG“, Xitoy)
Otabek Shukurov (“Sharja“, BAA)
Dilshod Rahmatullayev (“Paxtakor“)
Fozil Musayev (“Jubilo Ivata“, Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor“)
Aziz Turgʻunbayev (“Navbahor“)
Doston Hamdamov (“Anji“, Rossiya)
Jasur Yaxshiboyev (“Paxtakor“)
Javohir Siddiqov (“Qoʻqon-1912“)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv“)
Eldor Shomurodov (“Rostov“, Rossiya)

Hujumchilar:
Marat Bikmayev (“Lokomotiv“)
Sardor Rashidov (“Lokomotiv“)
Ivan Nagayev (“Qizilqum“).

Terma jamoamiz aʼzolari 29 dekabr kuni yurtimizga qaytib keladi. 26-27 dekabr kunlari esa nazorat-sinov oʻyini oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda, sparring-raqib nomi esa keyinroq maʼlum boʻladi. Yangi yil bayramidan keyin, yaʼni 2 yanvar kuni terma jamoamiz aʼzolari Osiyo kubogida ishtirok etish uchun BAAga joʻnab ketadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?