Ektor Kuper Toshkentga yetib keldi

11:05 06 Avgust 2018 Sport
349 0

O‘zbekiston milliy terma jamoasini argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Raul Kuper boshqarishini, yaqin vaqt ichida u bilan rasman shartnomalar imzolanishini xabar qilgan edik.

Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bugun o‘zi bilan birga termamizda ishlashi ko‘zda tutilayotgan ikki nafar yordamchisi bilan Toshkentga uchib keldi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘FA va O‘zPFL rahbariyati va xodimlari, futbol muxlislari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi. Mehmonlar poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Kuper va futbolimiz mutasaddilari o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkaziladi, shartnomalar imzolanadi. Shuningdek, bugun soat 15:00 da Milliy Olimpiya qo‘mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o‘tadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?