Ektor Kuper: “Terma jamoa oʻyinida 1 oydan soʻng oʻzgarish boʻladi”

12:28 05 Sentyabr 2018 Sport
137 0

Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Suriyaga (6 sentyabr) qarshi oʻrtoqlik oʻyinidan oldin, oʻz fikrlarini bayon qildi.

“22 avgust kuni yigʻinga kirishgan boʻlsak, birinchi ishni futbolchilarni inson sifatida oʻrganishdan boshladim. Oʻzbekiston terma jamoasining oldingi oʻyinlari bilan tanishdim. Qoʻl ostimda jamlangan futbolchilar bilan mashgʻulotlar oʻtkazib, ularning jismoniy tayyorgarligini kuzatdim.

Hozirgi tarkib Suriya va Eron oʻyinlari uchun yigʻilgan boʻlib, keyingi oʻyinlarda yangi oʻyinchilar ham jalb qilinishi ehtimoldan holi emas.

Oʻyinchilar texnika jihatidan juda ham yaxshi holatda. Mashgʻulotlar jarayonida global oʻzgarishlar qilganimizcha yoʻq. Shu sabab ham, birinchi oʻyindanoq moʻʼjizalar kutmasligingizni soʻrayman. Terma jamoa oʻyinidagi oʻzgarishlar eng kamida bir oydan soʻng koʻzga tashlanishiga umid qilyapman.

Men oʻyinchi tanlashda eng avvalo jismoniy holatiga eʼtibor beraman. Oʻz klubida yaxshi toʻp surayotgan barcha oʻyinchilarni kuzatishga harakat qilaman” - deya Kuperning soʻzlarini keltirmoqda OʻFA sayti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?