Ektor Kuper: “O‘zbekistonga kelishimda davlat rahbarining ham hissasi bor”

16:38 06 Avgust 2018 Sport
503 0

Bugun, 6 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Argentinalik mutaxassis terma jamoani boshqaruvini qo‘lga olishga qadar bosib o‘tilgan yo‘l haqida gapirib o‘tdi.

“Meni juda ajoyib tarzda kutib olishdi. O‘zbekistonga kelganimdan juda ham xursandman. Bu yerga kelib, terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlay boshlashimga nafaqat federatsiya rahbariyati, balki bevosita davlat rahbarining ham hissasi bor deb bilaman”, - deya Ektor Kuperning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Xalq so‘zi” muxbiri Azamat Murodov.

Bundan tashqari Ektor Kuper terma jamoadagi rejalari borasida gapira turib, birinchi navbatda ishni futbolchilar, umuman futbolga aloqador barcha kishilar, narsalar bilan tanishib olishni maqsad qilganini aytdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?