Ektor Kuper Osiyo Kubogi uchun tarkibni eʼlon qildi

00:27 25 Dekabr 2018 Sport
532 0

Kelasi yilning 5 yanvar — 2 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida futbol boʻyicha Osiyo Kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi. Xabaringiz bor mazkur musobaqada, Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Milliy jamoamiz Osiyo kubogining “Gʻ” guruhidan Yaponiya, Oʻmon Sultonligi va Turkmaniston vakillari bilan birga joy olgan.

Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi ana shu musobaqda yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”), Sanjar Quvvatov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya), Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”), Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”) Yaponiya), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Aziz Turgʻunboyev (“Navbahor”), Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya), Javohir Siddiqov (“Qoʻqon-1912”), Ikrom Aliboyev (“Seul”,J. Koreya), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)

Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Lokomotiv”)

Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirokidagi bahslar quyidagi sanalarda belgilangan.

9 yanvar, 2019 yil: Oʻzbekiston — Oʻmon Sultonligi
Uchrashuv 18:30 da boshlanadi.

13 yanvar, 2019 yil: Turkmaniston — Oʻzbekiston
Uchrashuv 21:00 boshlanadi.

17 yanvar, 2019 yil: Yaponiya — Oʻzbekiston
Uchrashuv 18:30 boshlanadi.

Oʻzbekistonda ushbu musobaqani namoyish etish huquqini “Sport“ telekanali toʻliq sotib olgan. Maʼlum qilinishicha, Osiyo Kubogi doirasidagi barcha — 51 ta oʻyin “Sport“ telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?