Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

10:20 04 Dekabr 2018 Sport
688 0

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadi. Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlarida bir qator oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushdi.

Dekbar oyida milliy terma jamoamiz Turkiyada yana bir yigʻin oʻtkazadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi mazkur yigʻindan keyin Osiyo Kubogiga yoʻl oladigan futbolchilar borasida bir toʻxtamga keladi.

Turkiya yigʻini oldidan Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. 6 dekabr kuni soat 11:00da Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlari zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Matbuot anjumani davomida bosh murabbiy jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib oʻtadi. Matbuot anjumaniga yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?