Eksportni rivojlantirish uchun manfaatli hamkorlik

16:23 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
55 0

Keyingi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu xususida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hada Oʻzbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi tomonidan Rossiyaning “Transkapitalbank”imutasaddilari ishtirokida oʻtkazilganmatbuot anjumanida ham aytib oʻtildi.

Mazkur anjuman Prezidentimizning 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida, “Eksport yoʻnalishida tuzilgan birja bitimlari boʻyicha hisob-kitoblari “OʻzRTXB” AJ, “Trastbank” XAB va “Transkapitalbank” AJ hamkorligida tuzilgan loyihani amalga oshirilishi” mavzusiga bagʻishlandi.

Tadbir 2019-yilning 30-mayida Urganch shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning birinchi yigʻilishi qarori bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat oʻrtasida mahsulot eksportini koʻpaytirish, birja savdosi mexanizmlaridan foydalanishni hisobga olgan holda yangi mahsulot bozorini rivojlantirish, milliy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida imzolangan Memorandumga asosida tashkil etildi. Chunki unga koʻra, Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida savdo-sotiqni amalga oshiruvchi xorijiy mijozlar uchun banklarning oʻzaro vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmi joriy etildi. Xususan, “Trastbank” va “Transkapitalbank” oʻzaro hamkorlikda alohida infratuzilma yaratganligi hamda respublika Tovar xomashyo birjasi uchun “Transkapitalbank”da AQSH dollari, yevro va Rossiya rublida qoʻshimcha vakillik hisobvaraqlari ochildi.

Shuningdek, valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublikada eksport salohiyatini oshirishni ragʻbatlantirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Anjuman davomida respublika Tovar xom ashyo birjasi va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining oʻzaro munosabatlari, mijozlar bilan oʻrnatiladigan aloqalarning oʻziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda bank va mijoz oʻrtasida oʻrnatiladigan oʻzaro manfaatli hamkorlik natijalari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Mazkur anjuman birja va bank vakillari hamda Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishi, tadbirkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi, mijozlarning birja savdolaridagi ishtirokida garov depozitlarini kreditlashi borasidagi muhim shartlarini amalga oshirishda yaqin muloqot oʻrnatish uchun keng imkoniyat yaratdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?