Eksportga moʻljallangan tosh

18:07 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
1045 0

Shahrisabzda maydalangan tosh (щyeben ) ishlab chiqaruvchi korxonalar soni yana bittaga koʻpaydi. Tumandagi Duxchi MFY hududida Finlyandiyatexnologiyasi asosida ishlovchi qum -tosh maydalash sexi ishga tushirildi.

“Shahrisabz noruda materiallari” MCHJga qarashli sexda umumiy qiymati 5,5 milliard soʻmlik zamonaviy texnologiya oʻrnatilib, soatiga 200 tonnadan ortiq щyeben ishlab chiqarilmoqda. 5 nafar mutaxassis boshqaradigan ushbu uskunalardagi asosiy ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan. Sex boshligʻi Akmal Alimovning taʼkidlashicha zamonaviy uskunalar orasida mahalliy usulda yasalgan klassifikator apparati ham boʻlib, ushbu innovatsion texnologiyaning qoʻllanilishi hisobiga korxonada 250 million soʻmga yaqin mablagʻ tejab qolindi.

Mutaxassislarning fikricha Tanxoz daryodan olinadigan noruda materiallar yoʻl va inshootlar qurilishida oʻta muhim xomashyo hisoblanadi. Sexda tayyorlanayotgan mahsulotni horijga eksport qilish ham moʻljallamoqda.

Ahad Muhammadiyev(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?