Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi qanday?

09:59 16 Sentyabr 2019 Jamiyat
69 0

Hukumat qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga koʻra, eksport qiluvchi tashkilotlarga Agentlik tomonidan quyidagi miqdorlarda moliyaviy yordam taqdim etiladi:

-respublika va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish – 100 foiz, lekin 20 000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;

-taqdimot va reklama kompaniyalarini oʻtkazish - 100 foiz, lekin bir korxona uchun yilning bir choragida 5 000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;

-xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish – 50 foiz miqdorda;

-xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish - 100 foiz, lekin 10 000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;

-xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish – Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smetaga muvofiq;

-kelgusidagi koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish – 100 foiz miqdorda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?