Eksport boʻyicha yana bir cheklov bekor qilindi

10:45 14 Mart 2019 Iqtisodiyot
521 0

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda ”Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonunchilikka muvofiq, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, quritilgan sabzavotlar va mevalarni eksport qilishda 20 ming AQSH dollaridan ortiq summadagi mahsulotlar eksport kontrakti asosida eksport qilinishi lozim edi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, mazkur cheklov bekor qilindi. Yaʼni, ushbu toifadagi mahsulotlarni eksport qiluvchilar tegishli toʻlov kelib tushgandan keyin eksportni eksport kontraktisiz invoys asosida amalga oshirish huquqiga ega boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?