Ekspertlar: “Xalqaro hamjamiyat Oʻzbekistondagi islohotlarni ijobiy baholamoqda”

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Inson salohiyatini roʻyobga chiqarishga har tomonlama koʻmaklashish, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilyapti. Oʻtgan haftada Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi mazkur yoʻnalishdagi tashabbuslarni yangi bosqichga olib chiqdi. Bu haqda xorijlik kuzatuvchilar, ekspertlar ham oʻz munosabatini bildirmoqda.
Kari TOPIOLA, Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining maxsus maslahatchisi:
— Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan soʻng oʻtgan ikki yil mobaynida bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olish boʻyicha respublikada koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan mustaqil monitoringlar Oʻzbekistonda bolalar mehnati butkul yoʻqligini hamda majburiy mehnatni bartaraf etish borasida ham jiddiy yutuqlar borligini koʻrsatdi. Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida joriy qilingan dasturlar ishlamoqda va oʻz natijalarini beryapti.
Samarqandda Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi yuqori darajada oʻtkazildi. Tadbirda ishtirok etish orqali mintaqa mamlakatlaridagi holat va uning asosiy omillari haqida koʻplab yangi maʼlumotlar oldim.
Georgiy SЕRЕTЕLI, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi raisi:
— Bir necha yil ilgari Markaziy Osiyo respublikalarida, ochigʻini aytganda, Oʻzbekistonda bunday forum oʻtkazilib, unda mavjud muammolar va murakkabliklar ochiq-oydin muhokama etilishini hatto tasavvur ham qilolmas edik... Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat respublikadagi vaziyatni nihoyatda ijobiy baholamoqda.
Ivar DALЕYe, “Norvegiya Xelsinki qoʻmitasi” nodavlat tashkiloti vakili:
— Samarqand anjumanini nihoyatda ijobiy voqea sifatida qayd etish oʻrinlidir. Inson huquqlari konferensiya zallarida muhokama uchun mavzu sifatida qolmay, amaliyotda joriy qilinishi lozimligi barchamizga ayon. Shunday ekan, xalqaro anjuman toʻgʻri yoʻnalishdagi yana bir muhim qadam boʻlib, Oʻzbekistondagi islohotlar amaliy natijalar berishiga umid qilamiz.
Karin KNAYSL, Avstriya tashqi ishlar vaziri:
— Soʻnggi yillarda respublikada inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyat salmoqli darajada yaxshilandi. Yevropa Ittifoqining xavotiriga sabab boʻlgan mahbuslar roʻyxatidagi koʻplab shaxslar ozodlikka chiqqanini koʻrmoqdamiz... Bugun biz guvohi boʻlayotgan oʻzgarishlar mamlakat toʻgʻri yoʻldan ketayotganini koʻrsatmoqda. Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston boshlagan keng koʻlamli islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Zarif ALIZODA, Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili:
— Anjumanda inson huquqlariga doir nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo uchun nihoyatda muhim masalalar muhokama qilindi. Bunday tadbirning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi mintaqa uchun katta voqea boʻldi.
Bugungi kunda Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida barcha sohalarda yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda... Biznes aloqalari ham kengayib borayotir, shunday ekan, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Anvar MIRZAYEV (“Xalq soʻzi”) tayyorladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: