Ekspertlar dunyoning eng qimmat futbolchisini aniqlashdi. Bu Ronaldu yoki Messi emas

10:13 05 Iyun 2018 Sport
2202 0

“Tottenhem” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn CIES Football Observatory talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Unga ko‘ra, terma jamoa sardori sanalgan Keynning transfer narxi 201,2 million yevroga baholandi.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onadan PSJning hujum tandemi Neymar (195,7 mln yevro) va Killian Mbappe (186,5 mln yevro) joy oldi. Lionel Messi esa ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnidan joy egallagan xolos.

Hisob-kitobda futbolchining yoshi, amaldagi shartnomasi, samaradorligi va gollari soni, jamoadagi roli, chempionat saviyasi inobatga olingan.

“Oltin to‘p”ning 5 karra sohibi Krishtianu Ronaldu (103,4 mln yevro) ro‘yxatda 24-pog‘onani egalladi. Yanvardagi reytingda Ronaldu 49-o‘rinda edi.

Top-10:

1. Harri Keyn (“Tottenxem”) – 201,2

2. Neymar (PSJ) – 195,7

3. Kilian Mbappe (PSJ) – 186,5

4. Lionel Messi (“Barselona”) – 184,2

5. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 171,3

6. Dele Alli (“Tottenxem”) – 171

7. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) – 167,2

8. Antuan Grizmann (“Atletiko”) – 164,5

9. Paulo Dibala (“Yuventus”) – 164,2

10. Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted”) – 163,4


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?