Ekspertlar AQSH-KXDR sammiti haqida: “Muhimi, tomonlar bir-biriga “Sen taslim bo‘l – Yo‘q, sen” deb o‘tirmadi”

14:30 12 Iyun 2018 Dunyo
741 0
Foto: AFP

Ayni paytda Singapurda o‘z nihoyasiga yetgan AQSH-KXDR rahbarlari o‘rtasidagi tarixiy uchrashuv va uning ahamiyati haqida keng jamoatchilik, jumladan, ekspert doiralari ham o‘z fikrlarini bildiryapti. Quyida ulardan ayrimlari bilan tanishasiz.

"Tomonlar kelishib olgani aniq ko‘rinib turibdi. Bu juda muhim. Sababi ular qizil tugmachalar bilan bellashuvga kirishmadi va muloqotda “Sen taslim bo‘l – Yo‘q sen” iboralari to‘qnashmadi. Tramp jarayonning o‘rtasida ketib qolmadi. Sababi u agar biror narsa yoqmasa, shunday qilishga va’da bergandi. Fotosuratlardagi har ikkisining tabassumiga qarang, bu xuddi juda yaxshi boks sparringdan keyingi qizg‘inlikdir. Kim Chen Inni muloqot qilishda qiyin sherik sifatida tekshirib ko‘rish Trampga rostdan ham qiziq bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu uning o‘ziga-o‘zi qilgan shaxsiy da’vati edi. Bir muddat gap bir yurishda mot qilish haqida bordi. Singapurdagi sammit Pxenyanni so‘zsiz taslim bo‘lishi imzolanadigan holat emas, balki bu boradagi birinchi qadam bo‘lishi haqidagi fikrlar esa iyun oyining boshidangina yangray boshladi. Aynan shundan so‘ng yadro mavzusi murakkab ekanligi va bitta sammitdan ko‘ra ko‘proq vaqt talab qilishi haqida gapirila boshlandi, - deydi Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi Uzoq Sharq instituti Koreys tadqiqotlari markazi yetakchi xodimi Konstantin Asmolov.

Bu ishlov berish bo‘yicha birinchi qadam.

"AQSH prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashishga kelishib olganining o‘zi AQSH va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi bir-biridan ancha uzoq bo‘lgan qutbli qarashlarning yaqinlashuvi sari tashlangan muhim qadam edi. Yaqin-yaqingacha ham ikki o‘rtadagi aloqalar nafaqat davlatlar, balki birinchi navbatda rahbarlar darajasida keskin ko‘rinish olganini eslaymiz. Ular o‘zaro munosabatlarni juda qo‘pol tarzda tushuntirib bergan paytlar ham bo‘lgan. Binobarin, mazkur sammit juda ahamiyatli voqea. Bu KXDR yetakchisi, qolaversa, Janubiy Koreya rahbarining ham masalaga konstruktiv yondashuvidan dalolat beradi. Zero, bundan Koreya Respublikasi ham ko‘p narsani kutyapti. Qayd etish lozimki, Shimoliy Koreya o‘zining salohiyatli yadro quroli tizimini tugatishni boshladi. Birinchi yadro stansiyalarini buzishga kirishdi. Umuman, Kim Chen In va Tramp uchrashuvi munosabatlarni yaqinlashtirish, yarim orol va umuman mintaqada keskinlikning kamayishiga olib keladi. O‘z navbatida, AQSH Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni qisqartirishni boshlaydi va umuman olib tashlashi mumkin" - Janubiy Koreyaning Xankuk mintaqashunoslik universiteti dotsenti Ravshan Ibragimov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?