Ekspert: O‘zbekistonda olma yetishtirish istiqbolsiz. Bog‘bonlarimiz nima deydi?

18:26 18 Iyun 2018 Iqtisodiyot
1576 0
Foto: starkbros.com

Uning bu haqidagi fikrlari EastFruit portalida berildi. Iqtisodchining fikricha, obyektiv jihatdan olma dunyodagi eng arzon mevalardan biridir. Uning so‘nggi iste’molchi uchun belgilanadigan narxi birinchi navbatda transport xarajatlariga bog‘liq. O‘zbekiston esa bu borada arzon tashishni amalga oshira olmaydi. Sababi respublika dunyo okeanlariga chiqishi uchun Lixtenshteyn kabi ikkita davlat hududidan o‘tishi kerak. Qolaversa, O‘zbekistonning qo‘shnilari ham dengizda yetakchi davlatlar hisoblanmaydi.

Ma’lumot uchun, BMT eksperti 2012 yildan beri meva-sabzavot biznesida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilib keladi.

Uning xulosasiga ko‘ra, mahalliy bozor olmalar bilan tez to‘lib qoladi va faqat uning yozgi navlarini boshqa davlatlarda muvaffaqiyatli sotish mumkin. Kuzgi navlar esa deyarli barcha mamlakatlarda o‘sadi va o‘z-o‘zidan aniqki, ular uchun chetdan import qilish foydasiz hisoblanadi.

“O‘zbekiston sabzavot va mevalari ko‘pincha Rossiya bozorlariga yo‘naltiriladi. Masalan, Rossiyada navlarga ajratilmagan olmaning fevral oyidagi standart bahosi oxirgi yillarda 20-25 rubl(0,35-0,4 dollar)ni (Yevropada olma hosilining uchdan bir qismi nobud bo‘lgan 2017-2018 yillar mavsumini hisobga olmaganda) tashkil etyapti. Birgina Farg‘ona vodiysidan Yekaterinburgga olmani olib borish uchun transport xarajatlari esa 0,25-03 dollar, Moskvagacha 0,35-0,4 dollarga teng bo‘layotir. Shunday qilib yetkazib berish narxining o‘zi Moskva omborlarida saqlanayotgan olma narxiniki bilan tenglashmoqda. Bunday sharoitda boshqa davlatlardan kelgan mahsulotlar bilan raqobat qilib bo‘lmaydi. Boshqa mamlakatlar tomon eksport yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish ham imkonsiz, sababi O‘zbekiston yaqinida olmani import qiluvchi yirik davlatlar emas, balki yirik eksportchilar bor: Eron va Xitoy. Agar yanada uzoqroq davlatlar mo‘ljallansa, tashish narxlari yana oshib ketish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi”, - deydi ekspert.

“O‘zbekiston iqlimi raqobatdosh olmalar yetishtirish uchun yaxshi mos tushmaydi.Yozda issiq va quruq. Bunday sharoitda agar qizil navli olma usti to‘r bilan yopilmasa, mevalarga rang kirmaydi, balki kuyib ketadi, oqibatda saqlashda tez buziladi. Qolaversa, hosil ko‘rsatkichlari ham mo‘tadil iqlimga ega davlatlarnikiga nisbatan past. Va nihoyat, olmalarni yetishtirish, saqlash, saralash va qadoqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun investitsiya qimmatga tushadi, sababi barcha qurilmalarni import qilishga to‘g‘ri keladi”, - deya qo‘shimcha qiladi Yarmak.

Foto: umsad.ru

Iqtisodchi o‘zbek dehqonlariga olmani ertangi navlarini yetishtirish, eng yaxshisi esa O‘zbekiston iqlimiga mos tushadigan boshqa raqobatdosh mevalarga e’tibor qaratishni tavsiya etmoqda. Masalan, gilos, o‘rik, tukli va tuksiz shaftoli, anor, kivi shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2018 yilning yanvar — aprel oylarida 115,9 million AQSH dollarilik meva va sabzavotlarni eksport qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,8 foiz ko‘pdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?