Ekspert: Festivalda birgina mahalliy hunarmandlardan mingdang ortigʻi 28 yoʻnalishlarda ishtirork etayotgani hayratimni oshirdi"

17:05 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
41 0

AQSHning “International falk-art market” (IFAM) tashkiloti maslahat kengashi aʼzosi Kerol Roberston Lopes Qoʻqon mezbonlik qilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etmoqda va muxbirimizga oʻz tassurotlarini soʻzlab berdi:

Xalqaro hunarmandchilik festivalida birgina mahalliy hunarmandlardan mingdang ortigʻi 28 yoʻnalishlarda ishtirork etayotgani hayratimni oshirdi. Bu esa dunyo mamlakatlari hunarmandlari orasida Oʻzbekiston salmoqli oʻrin egallaganidan darak beradi. Xabarim bor, mamlakatingizda hunarmandlar uchun juda keng imkoniyatlar,soliq imtiyozlarining mavjudligi ularning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi.

Hunarmandlar shaharchasini ekspert va hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida koʻzdan kechiryapman. Toʻgʻrisi, har bir oʻzbek hunarmandi alohida eʼtibor va eʼtirofga loyiq. Oʻzbek xalqida “Zar qadrini zargar biladi”, degan naql bor. Bu haq gap. Mening xolis fikrim esa, qalb ilhomi va buyuk sabr bilan yaratilgan nafis va goʻzal, betakror hunarmandchilik mahsulotlarining har biri buyuk mukofotlarga loyiq.

Koʻhna Qoʻqon zaminida ilk bor oʻtkazilayotgan bu festival jahon hunarmandchiligi rivojiga ulkan hissa qoʻshishiga shubha yoʻq.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?