Ekologiya qoʻmitasining masʼul lavozimlariga rahbarlar tayinlandi

14:51 12 Aprel 2019 Siyosat
1021 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 aprel kuni imzolagan qarorlari bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ikki oʻrinbosari tayinlandi. Bu haqda “Xalq soʻzi Online” manbalari xabar bermoqda.

Qarorga koʻra, Ibratjon Alijonovich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Habibulla Ziyadullayevich Husanov Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?