YEXHT Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasiga 40 ta zamonaviy sport velosipedini taqdim etdi

11:17 10 Oktyabr 2020 Sport
138 0

Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasining doimiy hamkorlaridan biri – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, elchi Jon Makgregor federatsiya vakillari va velosportchilar bilan uchrashdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Tadbirda xalqaro tashkilot vakolatxonasi rahbari Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasiga 40 ta zamonaviy velosiped taqdim etdi.

Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, velosipedlarning 30 tasi velotrek oʻquv-mashgʻulotlar bazasiga, yana 10 tasi esa federatsiyaning Namangan viloyati boʻlimiga topshiriladi.

Jon Makgregor mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport, xususan ommaviy sport targʻibotiga Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jiddiy eʼtibor qaratilayotganligini alohida taʼkidlab, mazkur jarayonda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti amaliy hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?