Yekaterinburgdan Samarqandga uchgan yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘ndirildi

14:05 16 May 2018 Jamiyat
331 0

“Yekaterinburg – Samarqand” yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan “Airbus A320” samolyoti “Kolsovo” aeroportiga majburan qo‘ndirildi. Ural tergov boshqarmasi mazkur voqea yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:04da ro‘y bergan.

Bortda 47 kishi, jumladan, 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qo‘nish davomida hech kim jabrlanmagan, havo transporti vositasiga zarar yetmagan.
Tekshiruvilar davomida mazkur favqulodda vaziyat sabablari aniqlanadi hamda tegishli ma’muriy choralar ko‘riladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?