Yekaterinburgda Oʻzbekistonning toʻrt fuqarosi gazdan zaharlanib vafot etdi

Illyustrativ foto
2019 yil 17 aprelga oʻtar kechasi Yekaterinburg shahrining qurilish obyektlaridan birida kelib chiqishi surxondaryolik boʻlgan mamlakatimiz fuqarolari vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ular yongʻin va gazdan zaharlanish oqibatida halok boʻlgan. Konsullik markazi halok boʻlganlar haqida maʼlumotni ham taqdim etgan:
- Mengtoshev Shuhrat Uralovich, 22.08.1989 yilda tugʻilgan;
- Qurbonov Akbarali Saidmurodovich, 23.11.1995 yilda tugʻilgan;
- Ziyadullayev Ulugʻbek Olimjonovich, 18.11.1998 yilda tugʻilgan;
- Choriyev Isroil Ravshanovich, 18.10.1996 yilda tugʻilgan.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, ushbu hamyurtlarimiz 15 aprel kuni Yekaterinburg shahri Akademik tumanidagi qurilish obyektlaridan biriga ishga kirish uchun kelishgan.
Ayni paytda vakolatli organlari tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov oldi tadbirlari boshlangan.
Bosh konsulxona marhum hamyurtlarimizning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi va maʼlum qiladiki, Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bilan hamkorlikda mazkur vaziyat nazoratga olingan hamda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish masalasi hal qilinmoqda.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
- Rasmiy bayonot: Gulnora Karimovaga yangi ayblov qoʻyildi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: