Yekaterina Xilko: Gulistonda ochilgan gimnastika maktabi va bolaligimda shugʻullangan sport zali oʻrtasida osmon bilan yercha farq bor

18:17 20 Mart 2019 Sport
243 0

Foto: "Xalq so'zi"

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Gulistonda viloyat gimnastika sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 4 milliard 30 million soʻmlik boʻlgan mazkur sport inshootini ochilish marosimida mamlakatimizning gimnastika sporti boʻyicha mashhur vakillari ham ishtirok etdi. Xususan, Pekin Olimpiadasi bronza medali sovrindori Yekaterina Xilko mazkur maktab haqidagi taassurotlarini qoʻyidagicha bayon qildi:

— Juda ajoyib inshoot. Yana bu gimnastika sportining viloyatlarda ham rivoj topayotganidan dalolat.Bilasizmi, men bolaligimda shugʻullangan sport zali bilan mana bu gimnastika maktabi oʻrtasida juda katta farq bor. Demoqchimanki,oʻsha zal garchi poytaxtda boʻlsa-da, bunday sharoitlar yoʻq edi. Yana bir jihat, hozir yurtimizda gimnastika bilan shugʻullanishni istagan oʻgʻil-qizlar borgan sayin koʻpayib bormoqda. Shunga yarasha zamonaviy sharoitlar ham yaratilmoqda. Bularning barchasi Vatanimizda gimnastika sportining yanada rivoj topishidan darak beradi, albatta.

Sport maktabining ochilish tantanasida Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri D. Nabiyev, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ. Mirzayev ishtirok etdi.

Shuningdek, bugun Boyovut tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabi qoshidagi universal sport inshooti ham tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Foto: "Xalq so'zi"
Foto: "Xalq so'zi"

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?