Ehtiyot qismlari yoʻq nuqsonli televizor yangisiga almashtirildi

12:28 13 Fevral 2019 Jamiyat
157 0

Illyustrativ foto

Fargʻona tumani Qoʻrgʻontepa qishlogʻida istiqomat qiluvchi Sherzod Abdulhamidov Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilib, “Chimyon savdo markazi”dagi doʻkondan xarid qilgan televizorning sifatidan noroziligini bildirgan edi.

Tuman jamiyati xodimlari isteʼmolchi murojaati asosida mutaxassislar tomonidan Sh.Abdulhamidov oʻtgan yilning 8 aprelida savdo markazi hududida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi tadbirkor Oʻ.D.dan LED-32 “Samsung” rusumli televizorni 1 360 000 soʻmga sotib olganligi, lekin oradan 2 oy oʻtib televizor ekranida nuqsonlar kuzatilib, koʻrsatmay qolganligi, isteʼmolchi nuqsonli tovarni savdo doʻkoniga qaytarib olib kelib, kafolat muddati ichida bepul taʼmirlab berilishi yoki boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishini soʻrab bir necha marta murojaat qiladi. Ammo sotuvchi tomonidan isteʼmolchining qonuniy talablari qondirilmaganligi holatlariga oydinlik kiritildi.

Murojaat oʻrganilganida sotuvchi ehtiyot qismlari yoʻqligi sababli taʼmirlash ishlarni bajarish kechikkanligini aytib, hozirda doʻkonida sotuvda xuddi shu rusumdagi televizor mavjudligini, agar isteʼmolchi rozi boʻlsa, almashtirib berishni taklif qildi. Isteʼmolchi ushbu taklifga rozi boʻldi. Isteʼmolchining poymol boʻlgan huquqi tiklanib, nuqsonli tovar oʻrniga maqbul sifatdagisini qabul qilib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?