“Ehtirom”ga sazovorlar aniqlandi

15:12 12 Yanvar 2020 Madaniyat
1588 0

Foto: Hakim Yo‘ldoshev, «Xalq so‘zi»

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan yurtimizda faol va sermahsul ijod qilayotgan sanʼat va madaniyat vakillari hamda oʻz ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat boʻlayotgan ustoz sanʼatkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Ehtirom” mukofotining navbatdagi sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib berdi. Uchinchi marotaba oʻtkazilgan ushbu tanlovdan koʻzlangan maqsad – ustoz ijodkorlarning mehnatlarini munosib qadrlash, yosh sanʼatkorlar ijodini eʼtirof etish va ragʻbatlantirish, shu bilan birga ularni kelgusida ulkan marralarni zabt etishga daʼvat qilishdan iborat ekanligi tadbirda taʼkidlab oʻtildi.

– Ijod ahliga eʼtibor, ehtirom, bir ogʻiz eʼtirof ham ijodkorga ruhiy madad beradi, ilhomiga ilhom qoʻshadi. – deydi “Yil adibi” nominatsiyasi gʻolibi Xurshid DOʻSTMUHAMMAD. – Oʻtgan yili buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy hayotiga bagʻishlab “Yolgʻiz” nomli qissa yozdim va u oʻzbek drama teatrida sahnalashtirildi. Ushbu qissa nafaqat adabiy, nasriy asar, balki sahna asariga ham aylagani alohida, unutilmas bir voqea boʻldi men uchun. Mana bugun alohida ehtiromga loyiq koʻrilgani esa ikki karra quvontirdi.

“Ehtirom” mukofoti madaniyat va sanʼat sohalarining 5 ta yoʻnalish boʻyicha 29 ta nominatsiyalarni qamrab olgan. Mukofotining oʻziga xosligi shundaki, u yil davomida sanʼat va madaniyatimizning turli yoʻnalishlarida faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash ijodkorlarni taqdirlaydi, ularga ehtirom koʻrsatadi.

– Bu mukofot “Avloniy” filmimizning yurtimizda erishgan birinchi yutugʻi hisoblanadi. – deydi “Yilning eng yaxshi rejissyori” nominatsiyasi gʻolibi Muzaffarxon ERKINOV. –Qolaversa, eng yaxshi aktyor yoʻnalishida ham bizning filmda bosh rol ijro etgan aktyorning gʻolib deb topilishi barcha film ijodkorlarini birday quvontirdi, ruhlantirdi. Jamoa birgalikda, bahamjihatlikda ishlama rejissyor har qancha yaxshi boʻlmasin ishi koʻrinmaydi. Shu sababdan bugun erishib turgan ushbu yutugʻimiz butun jamoamizga berilgan mukofot hisoblanadi.

Mukofotning bu yilgi sohiblari bilan tanishing:

T/R 

Nominatsiya nomi

Nomzodlar

1.Teatr, kino va ommaviy tomoshalar

1.

“Yil spektakli”

“Minuvshiye dni”

Samarqand viloyati rus drama teatri

2.

“Yil aktrisasi”

Nigina Anorboyeva Sharaxmedovna

Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

3.

“Yil aktyori”

Yoʻldoshev Alisher Xayitovich

“Oʻzbekkino” milliy agentligi xodimi

4.

“Yil rejissyori”

Erkinov Muzaffarxon Erkin oʻgʻli

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, rejissyor

 

5.

“Yil ssenografi”

Aralov Erkin Xolmuratovich

Oʻzbekiston davlat satira teatri bosh rassomi

6.

“Yil sanʼatshunosi”

Maxmudov Joʻrabay Obidovich

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori

7.

“Yil balet artisti”

Yusupova Madina Erkin qizi

A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti

 

2. Estrada va anʼanaviy, opera xonandalik, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati

8.

“Yil anʼanaviy qoʻshiqchisi”

Solijonov Xushnudjon Xurshid oʻgʻli

Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandasi

9.

“Yil opera ijrochisi”

Normatova Malika Raximovna

A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera xonandasi

 

10.

“Yil estrada xonandasi”

Rustamova Dilafruz Ismoiljon qizi

(Afruza)

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

 

11.

“Yil sozandasi”

Abdurashidov Abdulaxad

Oʻzbekiston Xalq artisti

 

12.

“Yil badiiy jamoasi”

Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

Dirijyor – Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich

 

13.

“Yil bastakori”

Erkayev Nurali Ikramjan oʻgʻli

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi oʻqituvchisi, 
yosh kompozitor

14.

“Yil baletmeysteri”

Andris Liyepa Marisovich

A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri bosh baletmeysteri

15.

“Yil raqqosasi”

Ortiqova Dilnoza Ilxombayevna

Xorazm viloyati filarmoniyasi raqqosasi

16.

“Yil folklor jamoasi”

Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar,
“Chodir jamol” folklor jamoasi

Rahbar – Akbarov Akbarxon Komilovich

3. Tasviriy va amaliy sanʼat

17.

“Tasviriy sanʼat jonkuyari”

Mamadjanov Anvar Alimjanovich

Respublika rassomlik kolleji oʻqituvchisi

18.

“Yil muzeyi xodimi”

Sыcheva Valentina Yegorovna

Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi bosh muhofizi

 

19.

“Yil madaniyat markazi”

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani 
madaniyat markazi

Direktor – Rajabova Nurxon Aslonovna

 

20.

“Yil kutubxonachisi”

Oʻroqov Aʼzam Asqarovich

Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori

4. Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye

21.

“Yil adibi”

Dosmuxamedov Xurshid Nabiyevich

Erkin ijodkor

 

22.

“Madaniyat sohasining faol ommaviy axborot xodimi”

Rahimxoʻjayeva Shahnoza Akbaraliyevna

“Mahalla” gazetasi muhbiri

23.

“Yil teleradiojurnalisti”

Buriyeva Xulkar Turakulovna

“Oʻzbekiston 24” telekanali Fan, taʼlim va madaniyat boʻlimining birinchi toifali muharriri

24.

“Yilning eng faol ijtimoiy tarmogʻi”

Xabar.uz

Qosimov Zafar – muxbir

5. Eʼtibor, ehtirom, eʼzoz

25.

“Sahnamiz farishtasi” (malikasi)

Yusupova Toʻti

Oʻzbek Milliy akademik drama teatri yetakchi sahna ustasi

 

26.

“Klassik asardagi eng yaxshi rol ijrochisi”

Berdiyev Ilxombek Yuldashevich

Oʻzbekiston davlat drama teatri aktyori

27.

“Oʻzbek sanʼati fidoiysi”

Zokirova Gavhar Akmalovna

Oʻzbek Milliy akademik drama teatri yetakchi sahna ustasi

 

28.

“Tashabbuskor hududiy boshqarma boshligʻi”

Faxradov Kamol Jamolovich

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi

 

29.

“Moddiy madaniy meros jonkuyari”

Mamatkulova Shoxista Anvarovna

Surxondaryo viloyat madaniy meros boshqarmasi boshligʻi

 

 

Yulduz OʻRMONOVA,

“Xalq soʻzi”.

Hakimjon YOʻLDOSHEV

olgan suratlar

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?