Ebolaga davo topilgan boʻlishi mumkin

11:09 14 Avgust 2019 Jamiyat
86 0

Sinovdan oʻtkazilgan ikki dori vositasi Ebola kasalligiga qarshi “90 foiz” samaradorlikni namoyon etgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Olimlar Kongo Demokratik Respublikasidagi bemorlarda toʻrt turli dori vositasini sinab koʻrgan. Ulardan ikkitasi kasallikka qarshi samarali kurasha olgan.

Endilikda, ushbu dori vositalari Kongoda Demokratik Respublikasida Ebolaga chalingan bemorlarni davolashda qoʻllanilishi xabar qilinmoqda.

Oʻtgan yil avgustida Kongo Demokratik Respublikasida boshlangan joriy Ebola epidemiyasi mamlakatda 1976-yildan beri kuzatilgan 10 holatning eng yirigi, deya hisoblanmoqda. Buning oqibatida, 11,310 nafar inson hayotdan bevaqt koʻz yumgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?