“E-IJRO AUKSION” qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik yoʻlida

10:11 02 Iyul 2020 Iqtisodiyot
234 0

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash, xufiyona iqtisodiyotga barham berish, davlat va fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlarda ochiqlikni taʼminlash boʻyicha qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”dagi 3149-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan boʻlib, mulkni realizatsiya qilish boʻyicha qonuniylik, shaffoflik va xolislikni taʼminlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiisteʼmolchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda ularning oldini olish, yer uchastkalariga boʻlgan huquqni realizatsiya qilishda korrupsiyani, davlat mulkini sotishda turli noqonuniy tuzilmalar paydo boʻlishining oldini olishga xizmat qilib kelmoqda.

2020-yilning 6 oyi mobaynida “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida ochiq auksionlar orqali boshlangʻich narxi 559 mlrd.soʻmlik 8,4 ming mulk 651,2 mlrd.soʻmga, yaʼni boshlangʻich narxiga qaraganda 92 mlrd.soʻm qimmatroqqa realizatsiya qilindi. Onlayn auksionlarda qatnashish uchun 34,3 ming nafardan ortiq ishtirokchilardan arizalar kelib tushgan boʻlsa, ularning asosiy qismi tadbirkorlik va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib olish istagini bildirgan.

Koronavirus pandemiyasi davrida Respublikamizda tadbirkorlar uchun taqdim etilgan imtiyozlar natijasida birgina iyun oyida oʻtkazilgan onlayn auksionlarda ishtirokchilar soni yana-da oshib, mulklarni xarid qilishda qizgʻin kurashlar boʻlib oʻtdi.

Misol uchun:

Yuqorida keltirilgan onlayn savdolar natijasidan koʻrinib turibdiki, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali oʻtkazilgan elektron onlayn auksionlar ochiqlik tamoyiliga asoslanib, samarali tarzda oʻtkazilmoqda. Yaratilgan tizim xalqimizni rozi qilish bilan birga, fuqarolarning turli idoralarning ostonasida mulk sotib olish, uni rasmiylashtirish bilan bogʻliq masalalarda sarson boʻlishi holatlariga chek qoʻymoqda.

Bugungi kunda e-auksion.uz savdo maydonchasida 8,7 mingdan ortiq mulklar savdoga chiqarilgan boʻlib, 3,7 mingdan ortiq tadbirkorlik faoliyati uchun, 2,2 mingdan ortiq yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib olish imkoniyati mavjud. Siz ham shaffof auksionlarda ishtirok etib, mulk egasiga aylaning.

Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi DUK

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?