Dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisida ishtirok etishadi

18:23 20 Mart 2019 Sport
414 0

Joriy yilning 29-31 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha anʼanaviy “Gran-Pri” xalqaro turniri boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

55 ta davlatdan 452 nafar (252 erkak, 200 ayol) sportchi ishtirok etadigan musobaqada yurtimiz sharafini 11 nafar polvon himoya qiladi. Nufuzli turnirda jahonning yetakchi dzyudochilari nafaqat medallar, balki Tokio Olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib borishadi.

Ushbu musobaqada yoʻl oladigan delegatsiyamiz tarkibi quyidagicha:

Erkaklar:

- 60 kg: Diyorbek Oʻrozboyev, Sharofiddin Lutfullayev
- 66 kg: Sardor Nurillayev
- 73 kg: Hikmatilla Toʻrayev
- 81 kg: Kamoliddin Rasulov
- 90 kg: Yahyo Imomov, Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+ 100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Ayollar:

- 70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Nodira Yuldasheva

Murabbiylar: Farxod Toʻrayev, Oʻktam Rahmonov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?