Dzyudo: yoshlarimiz Afrika qitʼasida oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga joʻnab ketdi

16:16 12 Oktyabr 2019 Sport
321 0

12-24-oktyabr kunlari Marokash davlati poytaxti Marokash shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada toʻliq tarkib bilan ishtirok etadi. Tarkibdan 15 sportchi, 3 murabbiy va bir nafar shifokor joy olgan. Oʻzbekiston sport delegatsiyasi bugun tongda Marokashga joʻnab ketdi, deb yozadi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Terma jamoa tarkibi:

Oʻgʻil bolalar:

Bobur Badjiyev

Dilshodbek Yoʻldoshev

Muhammad Jumayev

Jaloliddin Qurbonmurodov

Muzaffarbek Toʻraboyev

Akrom Boʻronov

Shohrux Baxtiyorov

Shohrux Mamarasulov

Qizlar:

Yuliana Masketbayeva

Sita Qadamboyeva

Ibodatxon Ogʻajonova

Nilufar Yermaganbetova

Farangiz Xolmurodova

Shohista Nazarova

Mohinisaxon Xusanova

Murabbiylar:

Ulugʻbek Azimov

Muqaddas Kubeeva

Moʻmin Nabiyev


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?