Dzyudo. Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent Gran-Prisida 5ta medalga ega boʻldi

10:57 12 Noyabr 2018 Sport
695 0

9-11 noyabr kunlari Toshkentda dzyudo boʻyicha Gran-Pri bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Soʻnggi kungi bahslarda +100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboyev musobaqa davomida Ukraina, Tojikiston va Rossiya vakillarini magʻlubiyatga uchratib finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz rossiyalik boshqa bir sportchi Soslan Bostanovga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qoʻydi. Yakunda Oltiboyev Toshkent Gran-Prisining kumush medali sohibiga aylandi.

Shu tariqa dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-Prisi yakuniga yetdi. Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Oʻzbekistonlik sovrindor sportchilar:

Oltin:

-73 kg: Hikmatullo Toʻrayev

Kumush:

-60 kg: Diyorbek Oʻrozboyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Bronza:

-66 kg: Shahram Ahadov.

Musobaqa yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 47 mamlakat ichida beshinchi oʻrinni egalladi.

Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?