Surxondaryoda selni bartaraf etish chog‘ida halok bo‘lgan DXX xodimi “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

11:57 29 May 2018 Jamiyat
702 0
Kadr: Sevimli TV/O'zbekiston 24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, harbiy burchini ado etishda hamda tabiiy ofat davomida odamlar hayotini saqlab qolishda ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun O‘razoliyev Shoxruxbek Norjigit o‘g‘li (vafotidan keyin) hamda Muxidinov Bobirjon Nasirdinovich (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara posti boshlig‘ining o‘rinbosari) “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Shoxruxbek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassis-granatomyotchisi edi.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatiga kuchli sel kelgan paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, mahalliy hokimiyat va boshqa tashkilotlar vakillari yuzaga kelgan noxush holatlarning oldini olish uchun jalb etilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tarkibida 2014 yildan buyon shartnoma asosida ishlab kelgan O‘rozaliyev Shoxruxbek Norjigit o‘g‘li ham sel kelayotganda uning yo‘lini to‘sish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?