Dunyoning nomdor polvonlari yana Termizda bellashadi

13:56 03 Oktyabr 2019 Sport
160 0

Shu yilning 5-6-oktyabr kunlari Termiz shahrida kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan XIV xalqaro turnir boʻlib oʻtadi. Hozirda ushbu nufuzli kurash musobaqasiga qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib olib borilmoqda.

Mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollarni boʻlgan turnirda 47 davlatdan 200 nafardan ziyod sportchi va mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Turnirda erkaklar 55, 66, 73, 81, 90, +100 kg. vazn toifasida, ayollar esa 48, 57, 70, +78 kg. vazn toifasida bellashadi.

Jumladan, 10 vazn toifasidagi bellashuvda birinchi oʻrin uchun 3 000 dollar, ikkinchi oʻrin uchun 2 000 dollar, ikkita uchinchi oʻrin uchun 1 000 dollardan, jami 70 000 dollar taqdim etiladi.

Mutlaq vaznda gʻolibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 dollar bilan mukofotlanadi. Ikkinchi oʻrin sohibi 5 000 dollar, ikkita uchinchi oʻrin sohiblari 3,5 000 dollardan jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Uchinchi oʻrin sohiblaridan keyingi 4 nafar ishtirokchining har biriga esa 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofoti taʼsis etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan turnir musobaqalari 1993-yildan buyon har ikki yil bir marotaba oʻtkazilmoqda.

Ilhom Rahmatov(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?