Dunyoning mashhur brendlaridan biri Tashkent City‘da mehmonxona ochishi mumkin

10:58 05 Iyun 2018 Jamiyat
528 0
Foto: Tashkent City IBC

Hilton Tashkent City hududida mehmonxona ochishi mumkin. Buni Tashkent City direksiyasi xabaridan bilish mumkin, deya xabar bermoqda Spot internet-nashri.

Direksiya tomonidan taqdim etilgan bir nechta renderlarning osmono‘par binolarida Hilton yozuvi borligini payqash mumkin.

Hozirgacha direksiya bu haqida izoh bermagan, biroq may oyida “Dunyo” axborot agentligi bu borada muzokaralar o‘tkazilayotgani, Hilton’da O‘zbekistonga qiziqish borligi haqida prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi arafasida xabar berib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Hilton - Hilton Worldwide korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan mehmonxona va kurortlar xalqaro tarmog‘i. Kompaniya 1919 yilda Konrad Hilton tomonidan tashkil etilgan. 2017 yilda Hilton Hotels & Resorts brendi dunyoning 103 mamlakatida va hududlarida joylashgan 5 100dan ziyod mehmonxonalar hamda dam olish maskanlarini o‘z ichiga oladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?