Dunyoning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatildi

10:07 23 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
777 0

“Parrandasanoat“ uyushmasi xalqaro talablarga mos, ilgʻor texnologiya va uskunalar bilan jihozlangan namunaviy parrandachilik korxonasini qurmoqchi.

Ayni vaqtda namunaviy parrandachilik korxonasini loyihalashtirish va tashkillashtirish ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Turkiyaning “Tavsan Tavukçuluk A.Ş” korxonasining vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Tavsan Tavukçuluk A.Ş” korxonasi xizmat turlari, xususan, parrandachilik uchun zarur boʻlgan oziqlantirish, sugʻorish, isitish, shamollatish, sovutish, yoritish, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun yem texnologiyalari, oziq-ovqat transporti tizimlari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga namunaviy parrandachilik korxonasini loyihasini tuzish va uskunalar bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Muhokamalar chogʻida “Tavsan Tavukçuluk A.Ş” korxonasining savdo ishlari boʻyicha menejeri Bertan Atay Oʻzbekiston Respublikasida parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar rejasi yuzasidan oʻz taklif va fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Eslatib oʻtamiz, parrandachilik sohasida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan “Tavsan Tavukçuluk A.Ş” 1975 yildan buyon parrandachilik fabrikalari va fermerlik xoʻjaliklarini uskuna va boshqaruv texnologiyalari bilan taʼminlab keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?