Dunyoning eng toza sohillari aniqlandi

18:09 16 Aprel 2018 Dunyo
342 0

Ekologik ta’lim fondi (FEE) dunyodagi eng toza sohilllarni aniqladi.

Unda Ispaniyaning 579 sohili (plyaj), eng toza deb topilib, moviy bayroqni qo‘lga kiritdi. 

Gretsiyaning esa 466 ta dam olish maskani ana shunday e’tirofga loyiq ko‘rildi. Reytingda kuchli beshlikka Turkiya, Fransiya va Italiya mamlakatlari kirgan.

Manbaga ko‘ra, moviy bayroqqa munosiblar suvning musaffoligi va sohilda yaratilgan qulayliklar kabi mezonlar asosida aniqlanadi.

E’tiborlisi, yangi reytingda Turkiyaning pozitsiyasi keskin o‘zgardi. Nega deganda, mazkur mamlakat o‘tgan yilgi ro‘yxatda beshinchi pog‘onadan joy olgandi. Bu safar esa uchinchi o‘rinni band etdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?