Dunyoning eng kuchli armiyalarining yangi reytingi eʼlon qilindi. Unda Oʻzbekiston qaysi pogʻonadan joy oldi?

16:22 05 Mart 2020 Siyosat
1794 0

Arxiv surat

Ceoworld jurnali dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini eʼlon qildi. Unda AQSH birinchi, Rossiya ikkinchi, Xitoy esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Ushbu reytingni tuzishda mamlakatlarning harbiy kuchlari salohiyati, moliyaviy holati, logistika hamda geografik joylashuvi kabi 50 dan ortiq omillarni hisobga olgan.

138 davlat qamrab olingan mazkur reytingda Oʻzbekiston Harbiy kuchlari 52 pogʻonani band etdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ushbu reytingda Qozogʻiston 63, Turkmaniston 77, Tojikiston 94, Qirgʻiziston 98 oʻrinda qayd etildi.

Eʼtiborli jihati, oʻtgan yil Global Firepower saytida eʼlon qilingan 2019-yilda dunyoning eng kuchli harbiy kuchlari reytingida Oʻzbekiston 137 davlat orasida 48 oʻrinni band etgan edi. Oʻshanda mamlakatlarning harbiy kuchlari salohiyatini aniqlashda 55 ortiq omillar hisobga olingan.

Yangi reytingda kuchli oʻntalikka esa Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Misr hamda Braziliya kiritildi.

Reytingning eng oxirgi pogʻonalaridan esa Somali, Liberiya va Butan mamlakatlari qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?