Dunyoning eng boy oʻn milliarderi bir kunda 14 milliard dollardan oshiq mablagʻ yoʻqotishdi

17:09 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
136 0

26-oktyabr kuni dunyodagi eng boy oʻn milliarderining boyligi 14,4 milliard dollarga kamaydi.

Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” hisobotida maʼlum qilindi.

26-oktyabr kuni oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra, BBI reytingining eng kuchli oʻnligidan joy olgan faqat ikki milliarderigagina boyliklarini oshirish nasib etgan: “Tesla” va “SpaceX” asoschisi Ilon Mask 2,88 milliard dollarga boyigan holda reytingda toʻrtinchi oʻringa chiqqan, “Amazon” asoschisi Jeff Bezos esa 263 million dollarga boyib, reytingdagi yetakchilikni saqlab qolgan.

Ammo “Forbes Real-Time” maʼlumotlariga qaraganda, bir kunda oʻn milliarderning umumiy boyligi 17 milliard dollardan koʻproqqa kamaygan, Jeff Bezos esa birinchi oʻntalikdan kapitali kamaymagan yagona tadbirkorga aylangan. Qayd etilishicha, Ilon Mask 66 million dollar yoʻqotgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?