Dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingi eʼlon qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?

17:58 12 Mart 2020 Jamiyat
518 0

Arxiv surat

CEOWORLD jurnali tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra Shveysariya dunyodagi eng baxtli insonlar yashaydigan mamlakat ekan.

Reytingda undan keyingi oʻrinlarni Finlyandiya, Islandiya, Gollandiya, Kanada, Norvegiya, Daniya, Irlandiya, Germaniya va Belgiya joy oldi. Eʼtiborlisi, dunyodagi eng baxtli 10 mamlakatning toʻqqiztasi Yevropa qitʼasidagi davlatlardir.

155 davlat qamrab olingan reytingda Oʻzbekiston 44 pogʻonadan joy olgan. Atrofimizdagi mamlakatlarning joylashuvi esa qoʻyidagi koʻrinish oldi: Qozogʻiston 59, Turkmaniston 67, Tojikiston 78, Qirgʻiziston 90, Afgʻoniston 143.

Eʼtiborlisi, Oʻzbekistonning koʻrsatkichi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar orasida ham eng yaxshisidir. MDH mamlakatlaridan reytingda Rossiya 58, Qozogʻiston 59, Moldova 66, Turkmaniston 67, Belarus 72, Tojikiston 78, Ozarbayjon 85, Qirgʻiziston 90, Armaniston 127, Ukraina 136 oʻrindan joy oldi.

Jurnal ushbu reytingni tuzishda ushbu mamlakatlarda yashayotgan odamlarning hayotdan mamnuniyat darajasiga taʼsir qiluvchi muhim omillarga eʼtibor qaratdi.

Xususan, salomatlik, umr koʻrish davomiyligi, yashash qiymati, oziq-ovqat xavfsizligi, daromad oʻsishi, qashshoqlik darajasi, ishdan qoniqish, mansab oshish imkoniyati, mehnat xavfsizligi, hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va tushkunlik darajasi kabi 18 ta ustuvor jihatga eʼtibor qaratilgan.

Ekspertlar soʻrov davomida har bir mamlakatdan 6500 kishini fikri bilan qiziqqan.

Yakunda Oʻzbekiston 51,41 ball toʻpladi. Birinchi oʻrindan joy olgan Shveysariyada bu koʻrsatkich 72,15 ga teng.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?