Dunyoning eng badavlat odamlari 444 mlrd dollar yoʻqotdi

20:48 01 Mart 2020 Iqtisodiyot
198 0

Foto: www.google.com

Sayyoramizning eng badavlat 500 odamining umumiy boyligi oxirgi haftada 444 mlrd dollarga kamaydi. Bu butun dunyo boʻylab birja indekslarining pasayishi sababli yuz berdi.

Bu haqda Bloomberg axborot agentligi yozmoqda. Taʼkidlanishicha, tadbirkorlarning bu yoʻqotishlari ularning 2020-yil boshidan beri qoʻlga kiritgan daromadlaridan koʻproqni tashkil qilgan. Eng katta yoʻqotishlarga Amazon rahbari Jeff Bezos uchragan, uning kapitali 11,9 mlrd dollarga kamaygan.

Shuningdek, bozorlardagi qulashdan Microsoft asoschisi Bill Geyts va LVMH kompaniyalari guruhi egasi Bernar Arnoga ham jiddiy ziyon yetgan – ular mos ravishda 10 va 9 mlrd dollardan yoʻqotishgan.

Yoʻqotishlar kattaligi boʻyicha 4-oʻrinda Ilon Mask joylashgan. Amerikalik tadbirkor Tesla kompaniyasi aksiyalari qadrsizlanishi oqibatida 9 mlrd dollar yoʻqotgan. Oʻz navbatida, taniqli sarmoyachi Uorren Baffet 8,8 mlrd dollardan mahrum boʻlgan.

Axborot agentligining yozishicha, birja kurslarining pasayishi dunyoning eng boy odamlarining 80 foiziga taʼsir koʻrsatgan.

Mutaxassislar bunday salbiy koʻrsatkichlarni koronavirus epidemiyasi va Xitoyda bu vaziyat sababli iqtisodiy pasayish kuzatilishi mumkinligi xavotiri bilan bogʻlashmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?