Dunyoning birinchi raqamli tennischisi koronavirus yuqtirib oldi

01:43 24 Iyun 2020 Sport
137 0

Foto: Reuters

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Novak Jokovich koronavirus infeksiyasini yuqtirgan.

«RIA Novosti» xabariga koʻra, sportchining oilasi aʼzolari ham koronavirus uchun test topshirgan. Tahlillar natijasiga koʻra, faqat uning rafiqasida infeksiya aniqlangan. Farzandlarida kasallik aniqlanmagan.

Oldinroq koronavirus pandemiyasi paytida Jokovich xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda tennis musobaqasini tashkil qilgani tufayli ushbu turnirga tashrif buyurganlarning ayrimlarida, jumladan, besh yoshli bolada ham infeksiya aniqlangani maʼlum boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?