Dunyoga mashhur qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekistonga kirib kelmoqda

11:25 02 Iyul 2018 Jamiyat
939 0
Foto: Wikipedia

O‘zbekistonda dunyoga mashhur Gloria Jean’s Coffees qahvaxonalar va do‘konlarini ochishi mumkin.

Ma’lumot uchun, AQSHning mazkur kompaniyasi o‘z yo‘nalishida jahonda Starbucks brendidan keyin, ikkinchi o‘rinda turadi. Ayni paytda uning AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi 40 dan ortiq davlatlarda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyat yurityapti.

1979 yilda Chikagoda asos solingan ushbu kompaniya saralangan qahva urug‘laridan tayyorlangan mahsulotlari va ichimliklari bilan butun dunyoda nom qozongan. Uning retseptlari sir saqlanadi.

gazeta.uz xabariga qaraganda, Gloria Jean’s Coffees kuz faslida O‘zbekistonda faoliyat boshlashi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?