Dunyoga mashhur akademik nima uchun Qashqadaryoga keldi?

11:01 07 Iyun 2018 Jamiyat
461 0

Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari neyroxirurglari zamonaviy tibbiyotning ilg‘or yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Gap shundaki, yaqinda Jahon neyroxirurglar jamiyatlari federatsiyasi vitse-prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, akademik Yevgeniy Pedachenko Qarshi shahrida ilmiy-amaliy o‘quv-seminar o‘tkazdi.

— O‘zbek shifokorlari bilim va mahorat bobida birovdan kam emasliklariga ular bizning Ukraina tibbiyot fanlari akademiyasining A. Romodanov nomidagi neyroxirurgiya institutida malaka oshirishganida ishonch hosil qilgandim, — deydi u. — Sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytirishni mo‘ljallaganmiz.

Ahad MUHAMMADIYEV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?