Dunyodagi eng uzun tezyurar poezdning ilk sinovi

16:16 12 Mart 2018 Dunyo
330 0

Xitoy poytaxti Pekin shahrida 16 vagondan tashkil topgan va umumiy uzunligi 415 metrga teng dunyodagi eng uzun tezyurar poezd bo’lishi kutilayotgan “Fuxing” birinchi sinovdan o’tkazildi. 

“Sinxua” axborot agentligining yozishicha, uning tezligi 315 km.G’soatgacha etdi. Ushbu transport vositasi uzunligi bo’yicha esa o’z muqobillaridan ikki barobar katta bo’lib, 1100 dan ziyod yo’lovchini tashishga mo’ljallangan.

Uni yaratgan “CRRC Tangshan” kompaniyasi mutaxassislarining aytishicha, bu borada jami 28 ta sinov amalga oshiriladi. Shundan so’ng uni loyihalash va tayyorlash uchun ruxsat olinadi. Ular mazkur  innovatsiya uzoq vaqt xizmat qilishi va ishonchli bo’lishiga va’da berayapti.  

“Jenmin jibao” nashrining Xitoy temir yo’llar ilmiy-tadqiqot instituti bosh muhandisi Chjao Xunvey ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, poezdda avtopilotdan tashqari energiyani tejash va atrof muhit muhofazasining yangi tizimi o’rnatiladi, shuningdek, innovatsion materiallardan foydalanish sohasiga katta e’tibor qaratiladi.   
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?