Dunyodagi eng qimmat koʻchalar nomi eʼlon qilindi?

16:04 15 Noyabr 2018 Lifestyle
419 0

Kozuey-Bey koʻchasi, Singapur. Foto: Gou Chayna

Dunyodagi eng qimmat koʻcha deb Gonkongdagi Kozuey-Bey topildi. Sababi bu yerda 1 kvadrat metr joyni bir yilga ijaraga olish uchun 24,6 ming yevro sarflash kerak.

RBK xabariga koʻra, soʻnggi besh davomida mazkur maqomni Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyu egallab kelgan edi.

Mazkur reyting qimmat koʻchmas mulk bozorida konsalting bilan shugʻullanadigan Cushman & Wakefield kompaniyasi tomonidan tuzildi.

Beshinch avenyuda oʻrtacha ijara stavkasi joriy yilda kv.metr uchun 28,262 ming yevrodan 20,733 ming. yevrogacha pasaydi.

Uchinchi oʻrin Londondagi Nyu-Bond-strit (16,071 ming yevro)ga nasib etdi. Oʻz navbatida ushbu koʻcha Yevropadagi eng qimmat koʻcha maqomini saqlab qoldi.

Ushbu roʻyxatning birinchi oʻntaligidan yana quyidagilar oʻrin olgan: Parijdagi Yelisey maydoni (13,992 ming yevro), Milandagi Via Montenapoleone (13,5 ming yevro), Tokiodagi Gindza nohiyasi (11,232 ming yevro), Sidneydagi Pitt-Strit-Moll (8882 yevro), Seuldagi Myondon koʻchasi (8364 yevro), Syurixdagi Banxofshtrasse (7872 yevro), Venadagi Kolmarkt koʻchasi (4740 yevro).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?