Dunyodagi eng mehnatkash insonlar yashaydigan davlatlar reytingi e’lon qilindi

14:59 05 Iyul 2018 Dunyo
621 0
Foto: Mir24.tv

Dunyodagi eng mehnatkash insonlar yashaydigan davlatlar reytingi e’lon qilindi. Bu haqda RBK manbasi xabar berdi. 2017 yil ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan mazkur ro‘yxat Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan tuzildi. Reytingda birinchi o‘rindan Meksika joy oldi. Ushbu davlat fuqarolari bir yilda o‘rtacha 2246 soatdan mehnat qilishar ekan. Undan keyingi yuqori pog‘onalarni Kosta-Rika, Janubiy Koreya, Gretsiya, Rossiya band etdi.

Reyting iqtisodiyoti eng rivojlangan davlatlar o‘rtasida tuzilgan. Unga 37 ta mamlakat kiritilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?