Dunyodagi eng mashhur va qudratli moda brendlari qaysilar?

16:23 07 Fevral 2019 Dunyo
548 0

Italiyaning Gucci yuqori sifatli liboslar ishlab chiqaruvchisi dunyodagi eng mashhur moda brendi deb topildi. Bu haqda Independent xabar berdi.

Moda industriyasidagi isteʼmolchilar yurish-turishi tahliliga ixtisoslashtirilgan Lyst platformasi mutaxassislari 12 mingta internet-doʻkonlaridagi olti million foydalanuvchining onlayn-savdolarini oʻrganib chiqishdi.

Choraklik hisobotga muvofiq, Gucci eng talabgir brend boʻlgan. Gucci Soho Disco bag tasmali sumkasi va ushbu marka belgisi tushirilgan kamar eng koʻp qidirilgan mahsulotlarga aylangan.

Oʻtgan safargi gʻolib dizayner Virjil Abloning Off-White markasi esa ikkinchi oʻringa tushib qolgan. Balenciaga uchinchi, Moncler va Fendi mos ravishda toʻrtinchi hamda beshinchi boʻlgan.

Lyst 2018-yil noyabr oyida Amerikaning keng ommaga moʻljallangan Supreme brendini dunyodagi eng qudratlisi deb topgandi. Bu borada Champion sport brendi ikkinchi, Janubiy Koreyaning Fila kompaniyasi uchinchi oʻrinni egallagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?