Dunyodagi eng katta soʻzana - Qoʻqonda

14:09 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
112 0

Boysunlik Nilufar Joʻrayeva Xalqaro hunarmandchilik festivaliga uzunligi 21 metr, boʻyi 5,5 metr uzunlikdagi naqshinkor milliy soʻzana bilan ishtirok etmoqda.

-6 oy davomida tinimsiz mehnatimiz hamda 20 nafar shogirdlarimning harakatlari bilan shu mehnat mahsulimizni yakuniga yetkazdik, -deydiN.Joʻrayeva. Soʻzanani surxoncha serjilo naqshlar va yorqin ranglar bilan bezash uchun 16 kilogrammdan ortiq tabiiy usullarda boʻyalgan kalava ip sarf etildi. Soʻzana naqshlari bir – birini takrorlamaydi va ularda oy, quyosh ramzlari bilan birgalikda Boysun togʻlarining goʻzal tabiati mujassam. Ishonamanki, xorijlik hunarmandlar va mehmonlarni bu milliy hunarmandchilik namunasi befarq qoldirmaydi.

Nilufar Joʻrayeva gilamdoʻzlik, soʻzana va milliy matolardan turli hil mahsulotlar tikish sirlarini 15 yil avval onasi Malika Podshoyevadan oʻrgandi. Shu milliy hunarmandchilik sohasi sabab koʻplab xorijiy mamlakatlarda boʻldi. Keyinchalik“Deams Shahrinoz” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga asos solib 30 dan ortiq qishloq ayollariga hunar sirlarini oʻrgatmoqda. Birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etishidan eng asosiy maqsadi,chet ellik hunarmandlardan hamkorlar topish va ular bilan doimiy ravishda mustahkam aloqalarni olib borishdan iborat.

Elyorjon EHSONOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?