Dunyodagi eng katta radioteleskoplardan biri vayron boʻlish xavfi tufayli qismlarga ajratiladi

10:11 21 Noyabr 2020 Dunyo
143 0

Puerto-Rikoda joylashgan “Arecibo” astronomiya observatoriyasi vayron boʻlish xavfi tufayli qismlarga ajratiladi.

Bu haqda AQSH Milliy ilmiy jamgʻarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu 305 metrlik teleskop 57 yil davomida ishlagan boʻlib, uning yordamida Quyosh tizimi obyektlarining radiolokatsion kuzatuvlari, shuningdek, radioastronomiya va atmosfera fizikasi sohasidagi tadqiqotlar olib borilgan.

Kuzatuvlar shu yilning avgust oyida teleskop oynasining uni ushlab turuvchi qalin arqon uzilishi natijasida shikastlanganligi bois tugatilgan. Noyabr oyida esa asosiy arqon uzilgach, qoʻshimcha zarar yetgan.

Jamgʻarma tomonidan taʼkidlanishicha, teleskopning ushlab turuvchi arqonlari endilikda yukni koʻtarishga qodir emasligi bois uning tuzilishi katta xavf tugʻdirmoqda.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, uni taʼmirlash ishlari quruvchilar hayoti uchun xavfli boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?