Dunyodagi eng yirik tirik organizm aniqlandi. Uning vazni 440 tonna...

12:49 17 Oktyabr 2018 Dunyo
907 0
Arxiv foto / belnovosti.by

Olimlar dunyodagi eng ulkan organizm qaysi ekanligini aniqlashdi.

Smithsonian jurnalining yozishicha, u AQSHda topilgan toʻnka zamburugʻi boʻlib chiqdi. Michigan shtatining shimolida oʻsgan mazkur qoʻziqorinni oʻrgangan olim Metyu Taubning maʼlum qilishicha, uning ilgari hisoblanganiga nisbatan hajmi ham, yoshi ham katta ekan. Qoʻziqorinning yerostiga yashiringan tanasi ogʻirligi 440 tonna boʻlib, bu uchta koʻk kit vazni deganidir. U 37 gektar maydonga yoyilib ketgan.

Eslatib oʻtamiz, bundan 25 yil oldin topilgan shu kabi eng ogʻir qoʻziqorin vazni 110 tonna ekanligi aytilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?