Dunyodagi barcha tibbiyot xodimlariga Nobel mukofotini berish taklif qilindi

23:41 15 Sentyabr 2020 Dunyo
260 0

Butunjahon sheʼriyat harakati kubalik shifokorlarni “COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash jarayonida insonlar hayotni saqlab qolish uchun qoʻshgan katta hissasi” uchun Nobel mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatdi.

«Pandemiya boshlanganidan buyon dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida ishlagan Genri Riv jamoasining kubalik shifokorlari insonlar hayotini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashga alohida hissa qoʻshishdi», deyiladi butun dunyo, shu jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSH, Fransiya, Turkiya, Kolumbiya, Venesuela, Nigeriya kabi davlatlarning shoirlarini birlashtirgan harakatni muvofiqlashtiruvchi kengashdan Nobel qoʻmitasi rahbari Berit Reys-Andersen nomiga yozilgan maktubda.

«Shu boisdan ham biz Nobel qoʻmitasiga ushbu shifokorlarga, shu oʻrinda, dunyodagi barcha tibbiyot xodimlarining “oq xalatli qoʻshin”iga tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini berish taklifi bilan murojaat qilmoqdamiz. Zero, Genri Rivning shifokorlar jamoasi va ularning hamkasblari bu hurmat va eʼtirofga loyiqdirlar», deya qoʻshimcha qilingan maktubda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?