Dunyoda koronavirusga chalinganlar 43 millionga yaqinlashdi

10:54 27 Oktyabr 2020 Dunyo
167 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 42 million 966 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 152 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 43 million 483 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 159 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 8,485 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (7,909 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,380 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (1,531 milliondan ortiq), beshinchi oʻringa esa Fransiya chiqdi (1,107 milliondan ortiq). Beshta davlatda (Rossiya, Fransiya, Argentina, Ispaniya, Kolumbiya) koronavirus qayd etilganlar soni 1 milliondan oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?