Dunyoda koronavirusdan 1 million 157 mingdan ziyod kishi vafot etgan

11:43 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
155 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 43 million 341 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 157 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 43 million 965 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 166 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 8,548 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (7,946 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,394 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (1,547 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda Fransiya (1,134 milliondan ortiq). Beshta davlatda (Rossiya, Fransiya, Argentina, Ispaniya, Kolumbiya) koronavirus qayd etilganlar soni 1 milliondan oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?